IlmiyChek
PDF hujjatning haqiqiyligini tekshirish
PDF faqat fayl konteyneri bo‘lib, o‘z-o‘zidan haqiqiylik dalili emas. IlmiyChek fayl tuzilishi va mazmunini o‘rganadi, keyin texnik belgilarni tashqi rekvizitlar tekshiruvi bilan bog‘laydi. Tahrirlanganlikning bitta belgisi kontekstsiz soxtalik deb e’lon qilinmaydi.
Texnik qatlam
Nazorat summasi, fayl hajmi, sahifalar soni, yaratilgan sana va dastur, shriftlar, rasmlar, havolalar, QR-kodlar hamda matn qatlami qayd etiladi. Skanlar OCR orqali o‘qiladi va tanib olish sifati hisobga olinadi.
Mazmuniy qatlam
Sarlavha, mualliflar, DOI, ISSN, patent va ro‘yxat raqamlari tegishli manbalar bilan solishtiriladi. Adabiyotlar ro‘yxatidagi havola tekshirilayotgan hujjat identifikatori bo‘lib qolmasligi uchun rekvizit joylashuvi ham e’tiborga olinadi.
Texnik tahlil chegarasi
Oddiy tahrirlovchida qayta saqlash metama’lumotni o‘zgartirishi mumkin va bu doim soxtalashtirish emas. Asl manbadagi nusxa bo‘lmasa, har bir grafik unsur o‘zgarmaganini tasdiqlab bo‘lmaydi. Hisobot kuzatilgan belgini huquqiy bahodan ajratadi.